Mamlakatimizda eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy eʼtiborida.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali halqaro standartlar joriy etish, SE markirovkasi va xalqaro ISO sertifikatlarni olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Joriy yilning 12-aprel Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi   “MEDICAL MANUFACTURE CENTER” qoʻshma korxonasida  ISO 13485 va SE markirovkasini joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda  korxonaga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalkaro standartlar muximligi  tushuntirildi.

Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar  faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.  

 2022-yilning yanvar-mart oylarida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Eksportga koʻmaklashish byurosi tomonidan 31 ta eksportyor korxonaga yordam koʻrsatildi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi