Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallari tomonidan joylarda ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar ishtirokida xalqaro standart va meʼyorlarni oʻrgatish yuzasidan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Belgilangan rejaga asosan, Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida shahar va tumanlardan tadbirkorlar taklif etilib, ularga xalqaro standartlarni joriy etilishi, afzalliklari, mahsulot eksport qilinishidagi standartlarning oʻrni haqida batafsil tushunchalar berildi.

Seminarda Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamenti, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “OʻzTest” markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlinma hamda innovatsiya vazirligi viloyat boshqarmasi masʼullari ishtirok etdilar.