OʻzTTSA huzuridagi Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan “AZIA ELEKTRO ENERGIYA YUKSALISH” korxonasida media-tur boʻlib oʻtdi.

Mazkur turda institutning bir guruh vakillari hamda jurnalistlar korxonada olib borilayotgan ishlar, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda Davlat dasturi asosida tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdilar.

Shuningdek, oʻzaro hamkorlik kelajakda mahsulotlarning sifat darajasining yanada yuqori boʻlishiga asos boʻlishini taʼkidlab oʻtildi.