“30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filiali hamda “UzTest” markazi filiali hamkorligida “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.  Mazkur uchrashuvda Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlimi rahbari Muyassar Toʻrayeva  ishtirok etib, barchani mazkur sana bilan tabriklab, Chirchiq shahrida boʻlayotgan yangiliklar va yoshlarga berilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida maʼlumot  berdi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga Koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻq otish sporti boʻyicha yosh sportchi hamda murabbiylari ham ishtirok etib, oʻzlarining yosh boʻlishlariga qaramay erishayotgan yutuqlari va “Vatanparvar” tashkiloti qoshida yoshlar uchun ochilgan bepul sport toʻgaraklari bilan tanishtirdilar.              

      Chirchiq davlat pedagogika institutining xotin-qizlar kengashi raisi Dilfaroʻz Umirova  yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida video rolik yordamida  batafsil maʼlumotlarni berdi. Uchrashuvda yoshlar mahorat maktabi musiqachilari, “Yoshlar ittifoqi” kengashi  “Quyosh” va “Lola” mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etib, qiziqarli chiqishlari bilan yigʻilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.

   Maʼrifiy uchrashuv davomida mahalla raisi  ham yoshlarga  oʻz tabrigini yoʻlladi.

Tadbir soʻngida Chirchiq shahar YPX xodimasi Feruza  Asadullayeva  yoshlarga oʻz kasbi toʻgʻrisida uning qanchalar mashaqqatli shu bilan birga qiziqarli ekanligi toʻgʻrisida soʻzlab berdi.