OʻzTTSA masʼullari va Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari Buxoro shahridagi “Buxoro ipak va gilam toʻqish markazi” yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish va mahsulotlarning sifati haqida markaz rahbari Sabina Burxanova maʼlumot berdi.

Uchrashuvda markaz vakillariga qonunchilikdagi oʻzgarishlar va tadbirkorlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, tushunchalar, yangiliklar va koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Markazda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, xalqaro standart va metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni eksport qilish va turistlar tomonidan xarid qilinadigan mahsulotlar uchun sertifikat va ruxsatnomalar olishda amaliy yordam koʻrsatilishi aytib oʻtildi.

Markaz asosan ishlab chiqargan mahsulotlari jahon bozorlariga eksport qilinadi. Shuningdek, chet ellik sayyohlar markazda boʻlib, sifat koʻrsatgichlariga javob beradigan mahsulotlardan xarid qiladilar.

Barcha mahsulotlarni tadbirkor Sabina Burxanovaning oʻzi taqdimotini oʻtkazadi, u 8 tilda bemalol gaplasha oladi. Oʻzi juda yosh boʻlishiga qaramay, 7 farzandning onasi, tadbirkorlik subyekti rahbari, bilimdon va zukko ayol timsolida markazda boʻlgan chet ellik mehmonlarga oʻzbek xotin-qizlarining faolligini namoyon etmoqda.