“Oʻzbekiston boʻylab sayohat” loyihasi doirasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiali xodimlari ishtirokida Markaziy Osiyoda qora metallurgiya sanoati boʻyicha toʻngʻichi va mamlakatimizda navli prokat mahsulotlari, poʻlat zoldirlar ishlab chiqaruvchi yagona korxona boʻlgan Oʻzbekiston Metallurgiya kombinatining tarix muzeyida boʻlib, metallurgiya ishlab chiqarish tarixi bilan tanishdilar.

Muzey tarixi bilan tanishish jarayonlarida Oʻzbekona fazilatlar sohibi boʻlgan temirchi  Shoahmad Shomahmudovlar oilasi ham yodga olindi.