Oʻzbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi Xitoy Xalq Respublikasi Dori-darmon va sogʻliqni saqlash mahsulotlari importi va eksporti savdo palatasi (XDSSP) bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yetishtirilayotgan qizilmiya ildizi eksporti hajmini kengaytirish maqsadida “Qizilmiya va uning mahsulotlari sanoatining yuqori sifatli rivojlantirishi” boʻyicha onlayn forum tashkil etildi.
Tadbirda Xitoyning farmatsevtika korxonalari, importchi kompaniyalar va qizilmiya ildizini qayta ishlab chiqaradigan yirik korxona vakillari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimlari, Qoraqalpogʻiston qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi rahbari, “UzTest” markazi eksport qilishga koʻmaklashish Byurosi vakili hamda mahalliy eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etdilar.
Forumda qizilmiya va unga aloqador mahsulotlarni import-eksport qilish siyosati va qoidalari, yangi tadqiqot natijalari, Markaziy Osiyoda qizilmiya manbaalari va bozor imkoniyatlari, qizilmiyaning oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlarining turli sohalarda qoʻllanishi koʻrib chiqildi.