Bugungi kunda talabalarning olayotgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rgan holda tajribalarini oshirish, bo‘lajak mutaxassislarning bilim ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi imkoniyatning yaratilishi malakali kadrlarning sohaga kirib kelishiga asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada agentlikning “UzTest” davlat muassasasi Navoiy filiali oliy ta’lim muassasalari bilan soha yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ygan.

Navoiy davlat instituti “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasining metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menedjment tizimi yo‘nalishi mutaxassisligi talabalari Navoiy hududiy filial sinov laboratoriyalari majmuasida amaliyot o‘tadilar. Ushbu jarayonda talabalar sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan talabalarga mahsulotlarning sinovlarini amalga oshirish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalar berildi.