Ma’lumki Respublikamizning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan eng muhi islohotlar va yangilanishlarni xalqimiz va keng jahon hamjamiyatiga targ‘ib etishda jurnalistlarning beqiyos xizmatlari bor.

Ayniqsa muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan boshlangan ezgu siyosatning amaliy natijalari va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilayotgan sayi-harakatlarning to‘laqonli yoritilishida ommaviy axborot vositalari xodimlari fidoiylik bilan mehnat qilmoqdalar.

Birgina yurtimizda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimida erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalarni xalqimizga yetkazishda jurnalistlarning mehnatlari tahsinga loyiq.

Shu munosabat bilan Respublikamizdagi barcha Ommavyi axborot vositasi xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklab, mashaqqatli va sharafli ijodlarida zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati bundayo keyin ham jurnalistlar bilan hamkorlikda ishlashdan doimo manfaatdor.

Yana bir bor bayramingiz muborak  bo‘lsin.