«UZSTANDARD» agency

Standartization, metrology and certification
agency of Uzbekistan
CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlar bajarildi.  (2019 yil)
I. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hozirgi kunga qadar:
– 1 214 ta (yil yakuni qadar jami 2 660 ta) yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 1 173 tasi halqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan, 247 tasi yangi turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo texnologiyasi, neft mahsulotlari, temir yo‘l texnikasi va boshqa sohalarda) ishlab chiqarish standartlarini tashkil etadi;
– tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va ma’nan eskirgan 
30 ta standart amaliyotdan chiqarilib, 132 tasi qayta ko‘rib chiqildi;
– mahalliy sanoat korxonalarida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Amerika materiallar sinovlari standartlari tashkiloti (ASTM) 12 mingdan ziyod standartlaridan foydalanishga imkoniyat yaratildi;
– Respublida faoliyat yuritayotgan 1516 ta korxonalarda  profilaktika ishlari o‘tkazilib, 337 ta korxonalar standartlar bilan bepul ta’minlandi, 28 ta korxonada xalqaro standartlar joriy etildi. 264 ta qiyoslashdan o‘tmagan o‘lchash vositalari qiyoslandi.
– 836 ta korxonada xalqaro ISO standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etilib, bunday korxonalar soni 9 497 taga etkazildi;
(ISO 9001 sifat menejmenti tizimi bo‘yicha – 9047 ta, ISO 14001 ekologik menejment tizimi bo‘yicha – 94 ta, OHSAS 18001 sog‘liq va sanoat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha – 115 ta, ISO 22000 oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi bo‘yicha – 231 ta, ISO 50001 energiya menejmenti tizimi – 66 ta, 
ISO/TS 16949 avtomobilь sanoatidagi sifat menejmenti tizimi bo‘yicha – 43 ta, GMP yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha – 22 ta);
– mahsulot sifatini baholashning zamonaviy sinov usullari (ekspress metodlar)ni o‘z ichiga oluvchi xorijiy mamlakatlarning 
967 ta standarti joriy qilindi, buni natijasida mahsulotlarning sinov bazasini yangilash uchun 7,2 mlrd so‘mlik 111 dona zamonaviy sinov uskunalari hududiy laboratoriyalarda ishga tushirilib, 300 dan ziyod sinov uslublari (69 tasi xalqaro) joriy etildi hamda iste’mol bozoriga sifatsiz bo‘lgan 52 turdagi jami 1 mlrd 905 mln so‘mlik mahsulot kirib kelishining oldi olindi;
– yangi texnik reglamentlar amaliyotga kiritilib, go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifati va xavfsizligini xalqaro me’yor va talablarga muvofiq nazorat qilish tizimi joriy qilindi;
– Akkreditatsiya markazining xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zoligiga kirishi doirasida Germaniya va Turkiya davlatlarining xalqaro ekspertlari jalb qilindi va mahalliy ekspertlar malakasini oshirish maqsadida Turkiya akkreditatsiya idorasi (TurkAK) bilan hamda Slovakiya akkreditatsiya idorasi (SNAS) bilan 3 tadan qo‘shma baholash auditlari tashkil etildi;
– milliy etalon bazasini rivojlantirish maqsadida 463,5 ming dollarlik 3 dona absolyut bosim, ortiqcha bosim, namunaviy kuch birligi etalonlari xarid qilinib, ishga tushirildi, yil yakuniga qadar yana 270 ming dollarlik 2 ta temperatura va uzunlik etalonlari xarid qilinadi. Etalonlarning umumiy soni 13 taga hamda tasdiqlangan dasturga muvofiq 2023 yilgacha ularning umumiy soni 33 taga etkaziladi.
Joriy yilda etalonlarni xarid qilinishi natijasida 456 dona namunaviy va 4 900 dona ishchi o‘lchash vositalarining metrologik nazorati ta’minlanib, xorijiy metrologiya institutlariga olib chiqish bilan bog‘liq yiliga 200 ming dollardan ortiq xarajatlarni iqtisod qilishga erishildi;
– “O‘zstandart” agentligi tizimidagi o‘lchash laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash maqsadida 4,8 mlrd so‘mlik 51 dona uskuna xarid qilinib, 53 ta metrologik tekshiruv uslubi joriy qilindi;
Ushbu xarid qilingan uskunalar tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan 1 050 dona, neft-gaz sanoatida qo‘llaniladigan 1 020 dona hamda oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan 250 dona o‘lchash vositalari ustidan metrologik tekshiruvni amalga oshirishni o‘zlashtirish imkonini berdi va mazkur soxalarning chetda o‘tkaziladigan metrologik tekshiruvlarga sarflanadigan 7,5 mln. dollar mablag‘lari iqtisod qilindi.
– Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda respublikada amalda bo‘lgan 207 ta (jumladan 24 tasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun) sanitariya-gigiena me’yorlarini xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlari olib borilmoqda;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarning reteyler kompaniyalari tomonidan muntazam ravishda xarid qilib borish tizimini yaratish maqsadida 60 ta fermer xo‘jaligida Global GAP sifatni boshqarish tizimi standartlarini joriy qilish ishlari olib borilmoqda, shundan xozirgi kunda 4 ta korxonaga Global GAP sertifikati rasmiylashtirilib quritilgan meva, meva va sabzavotlar hamda qovun mahsulotlarini Evropa va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlariga eksport qilinishiga erishildi;
– joriy yilning oxiriga qadar yangi 13 ta texnik reglament loyihalari ishlab chiqiladi hamda amalda bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga oid 
5 ta umumiy texnik reglamentlar xorijiy mamlakatlarda iste’mol bozoriga mahsulotlarning kirib borishida o‘rnatilgan talablardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqiladi;
(hozirgi kunda 31 ta umumiy va 9 ta maxsus texnik reglament qabul qilingan)
– importni optimallashtirish va iste’mol bozorini sifatsiz import mahsulotlaridan himoya qilish maqsadida sanoat tarmoqlari bilan birgalikda majburiy ravishda sertifikatlashtiriladigan import mahsulotlarining ro‘yxati tayyorlanmoqda;
(majburiy sertifikatlashtiriladigan import qilinadigan engil sanoat mahsulotlarining ro‘yxati hozirgi kunda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda)
– ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlarga berilgan milliy sertifikatlar va sinov natijalari chet el bozorlarida tan olinishini ta’minlash maqsadida Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirligi, Indoneziya, Pokiston, Hindiston davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.