Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Yangiliklar



Sayyor qabul qilish Samarqand viloyatida
  • 28.03.2016
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  7170

2016 yil 26 mart kuni Kattaqo‘rg‘on tuman xokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” davlat korxonasi direktorining tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan “Sayyor qabul qilish kuni” o‘tkazildi. Kun tartibida “Aholi va yuridik shaxslarga boshqarma va markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari, yaratilayotgan qulayliklar va boshqa masalalar” ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan «O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i loyihasi tayyorlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi normativ-xuquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida «O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish qoidalari» loyihasi tayyorlandi.