Joriy yilning 3 aprel kuni“O‘zstandart” agentligida “Wakefield Inspection Services Limited” rahbari janob Piter Veykfild bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Mehmon bilan uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori A.O‘.Karimov janob Piter Veykfild “O‘zstandart” agentligiga qo‘shilgan O‘zbekiston “Sifat” markazi tizimi faoliyatini samarali takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan davra suxbatiga tashrif buyurgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

A.O‘.Karimov paxta tolasini sifatini tekshirish tizimini yangi bosqichga olib chiqish, sohaga zamonaviy sinov jixozlarini olib kirish, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tekstil trikotaj korxonalari talablariga aniq mos keladigan pahta sifatini aniqlash tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq rejalar haqida to‘xtab o‘tildi.

Janob Piter Veykfild paxta sohasida muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish uchun hozirgi zamon talablariga mos qo‘shma laboratoriyalar ochilishiga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuv do’stona va ishchanlik ruhida o‘tdi.