Inson xayotini xavfsizlik belgilarisiz tasavvur qilish juda qiyin. Yangi tozalangan pollardan sirpanib ketishdan tortib, qurilish maydonchalarida sodir boʻlgan fojiali baxtsiz hodisalargacha notoʻgʻri tushunilgan xavfsizlik belgilari falokatning asosiy mezoni hisoblanadi.

Xavfsizlik belgilari boʻyicha xalqaro miqyosda kelishilgan bir qator standartlar mavjud boʻlsada, ularni korxonalarda samarali joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi nashr etilgan ISO/TS20559 Grafik ramzlar - xavfsizlik ranglari va xavfsizlik belgilari –Xavfsizlik belgilari tizimini ishlab chiqish va ulardan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, bu jarayonlarni soddalashtirish va tushunarli qilish orqali korxonalarga yordam berishga qaratilgan.

Ushbu koʻrsatmada xavfni kamaytirish uchun moʻljallangan aloqa tizimini shakllantirish, xavfsizlik belgilarini amaliy qoʻllash boʻyicha tavsiyalar va tushuntirishlar mavjud.

Qoʻllanma xavfsizlik belgilarining asosiy xalqaro standartlariga qoʻshimcha sifatida xizmat qiladi:

Loyihalashtirish tamoyillarini oʻz ichiga olgan ISO 3864 seriyali standarti;

ISO 7010, Grafik ramzlar - xavfsizlik ranglari va xavfsizlik belgilari - roʻyxatdan oʻtgan xavfsizlik belgilari;

ISO 16069, Grafik ramzlari - xavfsizlik belgilari – xavfsizlik orqali tizimni boshqarish (SWGS);

ISO 23601, Xavfsizlikni aniqlash - Evakuatsiya va evakuatsiya rejasining belgilari; va ISO 17398, xavfsizlik ranglari va xavfsizlik belgilari - xavfsizlik belgilarining tasnifi, ishlashi va chidamliligi.

Shuningdek, ISO 45001, Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimlari - foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar bilan talablarni toʻldiradi.

ISO / TS 20559 mahsulot markirovkasidan tortib to evakuatsiya marshrutlari va uskunalar markirovkasini qamrab oladi, shuningdek belgilarni qayerga qoʻyish kerakligi boʻyicha kerakli tavsiyalar beradi.

Mazkur yangi qoʻllanma Germaniyaning DIN tashkiloti rahbarligida ISO / TC 145 / SC 2 quyi texnik qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur maqola Xalqaro standartlashtirish tashkilotining maʼlumotlariga asoslangan. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2609.html

«Oʻzstandart» agentligi

Xalkaro munosabatlar boshqarmasi