Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengashning asosiy vazifalari (Vazirlar Mahkamasining 03.10.2002 yildagi 342-sonli qaroriga asosan)
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari qyidagilardan iborat:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
standartlashtirish, sertifikatlashtirishni rivojlantirish, takomillashtirish va uning yagona tizimini yaratish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va Hukumatga kiritish;
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari texnik qo‘mitalarining standartlashtirish va sertifikatlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash tarkibi

Lavozimga ko'ra

- O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining bosh direktori, kengash raisi

Ahmedov B.E.

- Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari

Jalolov A.A.

- Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari

Baratov F.P.

- Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari

Niyozmatov B.I.

- Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

Niyozov S.

- "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Alixonov B.B.

- Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

lavozimga ko'ra

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Ramazonov N.S.

- "O‘zdavneftgazinspeksiya" boshlig‘i

Bo'riev R.A.

- "Sifat" markazining bosh direktori

lavozimga ko'ra

- Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi

Hasanov B.V.

- "O‘zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Dyachkov V.V.

- "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

Abduvaliev A.A.

- Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining direktori

Izoh:
1. Kengash tarkibiga tegishli tarmoqlar rahbarlarining o‘rinbosarlari kirishi mumkin.
2. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tganda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.

 

1. 2016 yilning 30 may kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo Kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha qabul qilingan Qarorlar 2016 yil 30 maydagi 1-2016-sonli Kengashning yig‘ilish bayonida aks ettirilgan. Ularning orasida, O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash Milliy tiziminining 2016-2020 yillar davrida rivojlantirish va takomillashtirish va keyingi istiqbollari Konsepsiyasini tasdiqlandi.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash yig‘ilishining 30.05.2016 yildagi №1-2016 bayonnomasi  (pdf, 175 Kb)
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash milliy tizimini 2016-2020 yillar davrida rivojlantirish va takomillashtirish va keyingi istiqbollari Konsepsiyasi (pdf, 300 Kb)

2. 2016 yilning 30 dekabr kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalari bo‘yicha qabul qilingan Qarorlar Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash yig‘ilishining 30.12.2016 yildagi №2-2016 bayonnomasida aks ettirilgan.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha Idoralararo kengash yig‘ilishining 30.12.2016 yildagi №2-2016 bayonnomasi (pdf, 300 KB)