«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



"O'zstandart" agentligi O'zbekiston Respublikasining akkreditatsiya bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatni bajaradi:

  • akkreditatsiya sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • ijrochi va o'lchov laboratoriyalarining sertifikatlashtirish bo'yicha organlari, nazorat organlari, yuklashdan avvalgi inspeksion organlar va ekspert-auditorlarning akkreditatsiyalashni o'tkazish bo'yicha umumiy qoida va tartiblarini o'rnatadi;
  • O'zbekiston Respublikasi Akkreditatsiya milliy tizimiga rahbarlikni amalga oshiradi;
  • Boshqa davlatlar bilan o'zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiya va ishlarni o'zaro tan olish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi;
  • bir xildagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha organlarni, sinov laboratoriyalari (markazlari)ni, sertifikatlashtirish sohasi nazorat organlarini hamda sifat buyicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiyalaydi;
  • sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditatsiyalangan organlarning sinov laboratoriyalari (markazlari) davlat reyestrini olib boradi;
  • bir xildagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditatsiyalangan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi.

Amaldagi qonunchilikka binoan akkreditatsiya bo'yicha ishlarni olib borish “O'zstandart” agentligining akkreditatsiya va inspeksion tekshiruv boshqarmasiga yuklatilgan.