«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



SMSITI Markaziy Osiyo xududida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sifatni boshqarish sohasida ilmiy-tadqiqot instituti va malaka oshirish markazi sifatida yagona bo‘lib hisoblanadi.

SMSITI quyidagi masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:

  • Davlat standartlashtirish tizimini (O‘z DST) va Milliy sertifikatlashtirish tizimini (O‘zR MST) takomillashtirish va rivojlantirish;
  • O‘zbekiston Respublikasida metrologik ta’minlash asoslarini o‘lchash birliklarini ta’minlovchi me’yoriy bazasini ishlab chiqarish va takomillashtirish;
  • Texnikaviy iqtisodiy va sotsial ma’lumotlarni tasniflash va kodlashni yagona tizimini tadqiqot qilish va rivojlantirish;
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasi doirasida atamalarni va aniqlovchilarni ishlab chiqish.

SMSITI O'zbekiston Respublikasining metrologik xizmati Bosh markazi, O'zbekiston Respublikasi standart namunalarining Bosh markazi, O'zbekiston Respublikasining buzilmas nazoratining Bosh markazi vazifasini bajaradi.

SMSITI quyidagi xizmatlarni bajaradi:

1 Standartlashtirish sohasida:

  • soha standartlashtirish tizimlarini ishlab chiqarish (ishlab chiqarishda ishtirok etish);
  • sohada asos bo'luvchi me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqarish (ishlab chiqarishda ishtirok etish);
  • Korxona va tashkilotlarda standartlashtirish sohasida, ishlab chiqarishni me'yoriy ta'minlash, texnik nazorat sinovlari, sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish va joriy etishda muvofiq tavsiyalarni ishlab chiqqqan holda kompleks o'rganib chiqish;
  • Loyiha va joriy me'yoriy hujjatlarning barcha bosqichlarini, me'yorlashtirish nazoratini, kelishuvlarni tekshirishni, majburiy talablarga muvofiqligini tekshirishni, patent tozaligini tekshirishni, ma'lumotlar mavjudligini tekshirishni, ochis nashrlarga loyiqmasligini, texnikaviy ekspertizani, iqtisodiy ekspertizani, texnologik ekspertizani, huquqiy ekspertizani, nashriyot taxririni (ilmiy va adabiy) o'z ichiga olgan holda ekspertizasi;
  • Me'yoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy bosqichi bahosi.
  • JSU savdoda texnikaviy to'siqlar kelishuvi talablariga muvofiqligi ekspertizasi;
  • Texnikaviy bosqich va mahsulot sifati kartasini ishlab chiqarish;
  • XS ISO 9000 seriyasida sifat tizimini ishlab chiqarish;
  • Standartlashtirish, sifatni boshqarish, texnikaviy nazorat bo'yicha qo'mitalari, asosiy tashkilotlarini va xizmatlarining nizomlarini ishlab chiqish;
  • Standartlashtirish va mahsulot sifati sohasida Respublika o'suv muassasalari va mutaxassislar malakasini oshirish tizimlari uchun o'suv-tematik rejalari va dasturlarini ishlab chiqarish;
  • Standartlashtirish va mahsulot sifati doirasida texnikaviy qo'mitalarining, asosiy tashkilotlarning standartlashtirish xizmatlarining, sifat boshqarmalarining, standartlashtirish bo'yicha, texnikaviy nazorat, metodik materiallar, konsepsiyalar, istiqbollar, qilinadigan ishlar nizomlari ekspertizasi;
  • Standartlashtirish va sifat doirasida, ishlab chiqarishni me'yoriy ta'minlashda (joylarga chiqishni o'z ichiga olgan holda) dolzarb muammolar bo'yicha seminarlar o'tkazish;
  • Standartlashtirish va mahsulot sifati sohasida doimiy ishlab turuvchi maslahatlarni o'tkazish.

2 Metrologiya sohasida:

  • korxona va tashkilotlarning metrologik xizmatlarini analitik laboratoriyalarini, standart namunalar xizmatlarini va buzilmas nazoratni tashkillashtirishda va takomillashtirishda, metodik yordamni ko'rsatish;
  • o'lchash vositalarini xilini tasdiqlash uchun olib borilayotgan sinovlarni texnikaviy hujjatlarini (texnikaviy topshiriq, texnikaviy shart, sinovlar dasturi, qiyoslash metodikalari loyixasini) ishlab chiqish;
  • o'lchash vositalarini xilini tasdiqlash uchun sinovlarni tashkillashtirish va o'tkazish;
  • o'lchash vositalarini, shu jumladan import qilinganlarni, metodik attestatsiyalash bo'yicha barcha kompleks ishlarni o'tkazish;
  • o'lchashni bajarilishini, kerakli hujjatlar majmuini ishlab chiqarishni o'z ichiga olgan holda, metodik attestatlash;
  • analitik tekshiruv xizmatini attestatsiyaga tayyorlash;
  • laboratoriyalarni (tashkilotlarni) standart namunalarini asosiy tashkilotlar sifatida akkreditatsiyaga tayyorlash;
  • standart namunalarini ishlab chiqarishda va tayyorlashda amaliy va metodik yordam ko'rsatish;
  • me'yoriy va texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasi;
  • o'zbekiston Respublikasi hududida ishlashga yo'l qo'yilishi maqsadida, import qilinayotgan standart namunalar hujjatlarining ekspertizasi;
  • standart namunalar doirasida marketing tadqiqotlari;
  • buzilmas tekshiruv xizmatini akkreditatlashtirishga tayyorlash;
  • buzilmas tekshiruv metodikalarini attestatlashtirish;
  • Davlat metrologik nazorati xizmatidan mustasil holda, ishlab chiqarishni va korxonalarni metrologik ta'minoti ahvoli auditi.

3 Sertifikatlashtirish doirasida:

  • tashkilotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha idora sifatida, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va tekshiruv idoralarini akkreditatlashtirishni tashkil etishni tayyorlashga metodik yordam ko'rsatish;
  • mutaxassislarni ekspert-auditor sifatida attestatsiyadan o'tkazishga tayyorlash;
  • bir xil maxsulotni sertifikatlashtirish tizimini tuzishda yordam berish;

4 Texnika – iqtisodiy va sotsial ma'lumotlarni tasniflash va kodlash doirasida (TISM);

  • texnik–iqtisodiy va ijtimoiy va sotsial ma'lumotlarni me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlash;
  • standartlarning Umumdavlat tasniflagichlari bo'yicha, hisob-kitoblar va o'lchashlar birliklari bo'yicha, jaxon davlatlari valutalari bo'yicha ma'lumotni ko'rsatgichlar bilan ta'minlash;
  • TISM tasniflagichlarni ishlab chiqarish savollari bo'yicha maslaxatlar berish;
  • tasniflash va kodlash sohasida mutaxasisslarni tayyorlash;

5 Atamashunoslik va tarjimalar doirasida:

  • hujjatlarni rus tilidan davlat tiliga tarjima qilish (hududi shunday davlat tilidan rus tiliga);
  • texnika doirasida hujjatlarni atamashunoslik ekspertizasidan o'tkazish;
  • ta'lim doirasida atamashunoslik standartlarini ishlab chiqarish bo'yicha maslaxatlarni berish;

6 SMSITI da akkreditlashtirilgan ishlab chiqarish va sifat tizimini sertifikatlashtirish idorasi, quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi:

  • korxona va tashkilotlarda sifat tizimini sertifikatlashtirish;
  • ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
  • korxona sifat tizimini sertifikatlashtirishga tayyorligini baxolash.