Ўзбекистон техник жиҳатдан
тартибга солиш агентлиги

ФУҚАРОЛАРНИНГ  МУРОЖАAТЛАРИ

Fuqarolarning murojaati


Қидирув

Кенгайтирилган қидирув

“Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).  

«Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalari»ning yangi tahriri muhokamasi

Muhokamaga “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekturizm” MK ning “Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kiritilmoqda. 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash yig‘ilishi

Joriy yilning 30 may kuni Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

9 iyun – Butun jaxon akkreditatsiya kuni

9 iyunda Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum (International Accreditation Forum, IAF) bosh assambleyasi va laboratoriyalarni akkreditatsiyalash bo‘yicha xalqaro xamkorlik (International Laboratory Accreditation Cooperation, ILAC) tomonidan tashkil etilgan Butun jaxon akkreditatsiya kuni nishonlanadi.

“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda qonunchilikning ahamiyati va o‘rni” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 10 iyun kuni ”O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashda qonunchilikning ahamiyati va o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Xalqaro meva - sabzavot yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2539-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 12-16 iyul kunlari “O‘zekspomarkaz”da Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Respublikamizda xalqaro standartlarni tadbiq etishning dolzarb masalalari va korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklarida mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Surxondaryo viloyatining eksport salohiyati oshirilmoqda

“O‘zstandart” agentigining Surxondaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan 2016 yil davomida 54 ta sinov laboratoriyalarida attestatsiya ishlari o‘tkazildi.

2017 yil 23 yanvar kuni Toshkent viloyatida 380 ta ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirokida o‘quv seminar o‘tkazildi

Ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlariga halqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish, milliy standartlarni ilg‘or halqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish

Asosiy maqsadimiz aholini sifatsiz mahsulotdan himoya qilish

O’zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga asosan odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo’lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish sertifikatlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Navbatdagi Sayyor qabul Nurota tumanida bo‘lib o‘tdi

Mazkur uchrashuvni Nurota tuman xokimining iqtisodiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nazarov Muzaffar Berdiboyevich ochib, uchrashuvning mazmun mohiyati xususida so‘zlab berdi.

Tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalar bilan uchrashuv

2017 yil 26 aprelda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining Surxondaryo SMB boshlig‘i G‘.X.Karimov va Surxondaryo SSM DK direktori E.X.Mengliyev va mutaxassis xodimlari ishtirokida Sariosiyo tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Sayyor qabul Qo‘ng‘irot tumanida tashkil etildi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish, ularning faoliyatlarida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga oid savol yoki muammolariga yechim topish maqsadida xalq bilan muloqotlar tizimli tashkil etilmoqda.

Jurnalistlar uchun Matbuot anjumani tashkil etildi

“O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” tashabbusi bilan 18 may kuni Milliy matbuot markazida 20 may-Butun jahon metrologiya kuni munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

20-may-Butunjaxon Metrologiya Kuni

Dunyo miqyosida 20 may - Butunjahon metrologiya kuni sifatida keng nishonlanadi. 

Respublikamizning yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalashda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishning ahamiyati

“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatini quyidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni ustivorligi.

Mazkur Qonun talablariga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan mahsulotni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Ammo, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida yashovchi fuqaroning Farxod bozoridagi Sharshara do‘konida sifatsiz kolbasa mahsuloti sotilayotganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish natijasida qonun talablariga rioya etilmayotganligi aniqlandi.

“O'zstandart” agentligi – Yurtdoshlarimiz sifatli mahsulotlarni xarid qilishga haqli!

Ma'lumki, Respublikamizda iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ko'plab me'yoriy hujjatlar qabul qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oliy Majlisga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 martdagi 160-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan