Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati


Yangiliklar



Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar diqqatiga!
  • 03.11.2015
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  8513

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.

Me'yoriy-huquqiy hujjat loyihasi bo'yicha muhokama
  • 30.10.2015
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  9329

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli "Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida "O'zstandart" agentligi tomonida me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi.

2020 yilgacha bo‘lgan davrda milliy infratuzilmalar sifatini rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida 2015 yil 19 oktyabrda 298-sonli qarori qabul qilindi.

Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yilda 292-sonli «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi