“Markaziy Osiyo mamlakatlarida infratuzilma sifatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “O’zstandart” agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining  Fizika-texnik instituti  o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dastlab Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi va ilg’or xalqaro tajribasi misolida  metrologiya nuqtai nazaridan infratuzilma sifati muhokama qilindi. Respublikada foydalanuvchilarining o’lchash vositalarini kalibrlashga bo’ylgan ehtiyojlarini aniqlash muhimligi, shuningdek kalibrlashni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi alohida ta'kidlandi. Sanoat korxonalarining vakillari va kalibrlash xizmatlaridan potentsial foydalanuvchilari o’rtasida tushuntirish ishlarini o’tkazish orqali o’lchash madaniyatini yaxshilash masalasi ko’rib chiqildi.

Bunda O’zbekiston Milliy metrologiya instituti va hududiy darajalarda kalibrlash va o’lchash sertifikatlarini o’zaro e'tirof etish to’g’risidagi loyiha va kelishuvlarda ishtirok etayotgan yuqori darajali vakolatga ega idora hisoblanishi ta'kidlab o’tildi.

Infratuzilma sifati idoralarining kontseptsiyasining, 10 yildan keyin erishilishi rejalashtirilayotgan maqsadidan kelib chiqib, shakllantirilishi maqsadga muvofiqligi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko’ra quyidagi masalalar bo’yicha kelishuvlarga erishildi:

- ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish;

- akkreditatsiya sohasidagi ekspertni jalb qilish;

- o’lchash vositalarini kalibrlashni joriy qilishda yordam ko’rsatish uchun ustuvor sohalarni birgalikda aniqlash va boshqalar.

Keyingi uchrashuv 2019 yil iyun oyiga rejalashtirilgan.