Butun jahon sifat kuni har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida noyabr oyining ikkinchi payshanba kuni nishonlanib kelinadi. Bu yilgisi 2019 yil 14-noyabrga to‘g‘ri keldi. Ushbu bayram dunyoda birinchi marta 1989 yil 9-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ko‘magida Yevropa Sifat Tashkiloti (YeST) tashabbusi bilan nishonlangan.

Butun jahon sifat kunining asosiy maqsadi, yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlarning ahamiyatini oshirish, shuningdek sifatga erishishdagi muammolarga etiborni qaratish tadbirlarni faollashtirishdan iborat.

Sifat bu nafaqat odamlar va atrof-muhit uchun, balki mahsulotlarning xavfsizligi, istemolchilarning so‘rovlarini va talablarini belgilaydigan muhim me’zon hisoblanadi.

Zamonaviy sharoitda sifat tushunchasi innovatsiyalarni amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq va bugungi kunda innovatsion rivojlanish faqat sifat bilan uzviy bog‘liq holda bo‘lib, uni doimiy ravishda takomillashtirib va o‘zgarib turishi mumkin.

Bu mahsulotni, tashkilotni va oxir-oqibat atrofimizdagi dunyoni yaxshilaydigan sifatdir, bu har bir korxona, har bir sanoat va albatta har bir mamlakatning rivojlanishida va barqaror muvaffaqiyatga erishishga undaydi.

O‘bekistonimizning sifat sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun ichki va tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarimiz va xizmatlarning raqobatdoshligini taminlash, ijtimoiy masalalarni hal qilish va pirovardida fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashdan iboratdir.

“O‘zstandart” agentligi barchani shunday ajoyib kun bilan qutlab, sihat-salomatlik, tinchlik, farovonlik va albatta barcha sohalarda sifatga erishishni tilab qoladi!