Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishga manfaatdor tarafga qulaylik maqsadida “Akkreditatsiya markazi” DUK rasmiy veb-saytida maxsus interaktiv xizmat ishga tushirildi.

Ushbu tizim orqali mahsulotlarni TIF TN kodlari kesimida sertifikatlashtirish organi mavjud emasligi toʻgʻrisida avtomatik tarzda rasmiy xulosa olish imkoniyati yaratildi.

Xizmat www.аккред.uz saytining “Maʼlumotlar” boʻlimida keltirilgan boʻlib mahsulotning TIF TN kodini kiritish orqali, aynan ushbu mahsulot turiga sertifikatlashtirish organi mavjud boʻlsa, sertifikatlashtirish organlari toʻgʻrisida maʼlumot, sertifikatlashtirish organi mavjud boʻlmagan holatda esa TIF TN kod boʻyicha sertifikatlashtirish organi mavjud emasligi toʻgʻrisida avtomatik tarzda rasmiy xulosa taqdim etiladi. Shakllangan xulosa maxsus QR kod bilan raqamlangan boʻlib, uni hujjat koʻrinishda yuklab olish mumkin.

Xulosadan bojxona rasmiylashtiruvi davrida qoʻllanilishi mumkin.