Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida muvofiqlikni baholash xodimlari uchun ISO/IEC 17065 “Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga qoʻyiladigan talablar” standarti boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

50dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan muvofiqlikni baxolash xodimlari ishtiroq etgan oʻquv seminarda Xalqaro ekspert Aleks Yezraxovich tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi:

- ISO/IEC 17065 standarti umumiy talablari;

- jahon iqtisodiyoti uchun sertifikatlashtirishning ahamiyati;

- CASCO vositalari;

- resurslarga boʻlgan talablar;

- boshqaruv tizimiga qoʻyiladigan talablar;

- mahsulotni sertifikatlashtirish organlari faoliyatining tamoyillari.

Shu bilan birga muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish sohasidagi munosabatlarni halqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish masalalari va bu soxada xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi. Oʻquv seminari davomi ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi, Xalqaro ekspert Aleks Yezraxovich tomonidan barcha savollariga batafsil javob berildi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi