OAVda xabar berilganidek, mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish maqsadida joriy yilning 02-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240 sonli farmoni va PQ 5133 sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu farmon va qaror mazmun moxiyatini keng qamrovli tushintirish maqsadida joriy yilning 13-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekistondagi Amerika savdo palatasi va AQSHning Mars Corp,Wings, Dentons, Ernst and Young, Unilever, P&G, Coca – Cola, Nestle kompaniyalari vakillari ishtirokida videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida farmon va qaror mazmun moxiyati, yangi tuzilgan Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligiga qoʻyilgan vazifalar, topshiriqlar tushuntitildi, ishtirokchilarni kiziktirgan barcha savollariga javob berildi.

Oʻzbekistondagi Amerika savdo palatasi va AQSH biznes doiralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-son Farmoni va PQ-5133-son qarori bilan amalga oshirilayotgan isloxotlarda hamkorlikda faol ishtirok etish qayd oʻtildi.

Tadbir yakuniga koʻra, xalkaro tajribani inobatga olgan xolda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtrish va muvofiqlikni baxolash soxasini rivojlantirishga qaratilgan davra suhbatlari doimiy oʻtkazishga kelishib olindi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi