Qandolatchilik va oziq-ovqat sanoati mahsulotlarni ishlab chiqarish bir jarayon boʻlsa, ularni eksportga tayyorlash alohida  muhim jarayon xisoblanadi. Bu borada xorijiy mamlakatlarning oʻziga yarasha qatʼiy import talablari bor.

Ayniqsa bugungi kunda xalqaro standartlar talablarini taʼminlamagan mahsulotlarni jahon bozori qabul qilmaydi.

Qandolatchilik mahulotlarini ishlab chiqaruvchi  KREMBER  korxonasida xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha suxbat boʻlib oʻtdi.

  Tadbirda  Agentlik Xalqaro xamkorlik boshqarmasi va Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan KREMBER  korxonasiga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqishda xalqaro standartlar muhimligi  tushuntirildi.

Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar  faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi. 

 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Xalqaro xamkorlik boshqarmasi va Eksportga koʻmaklashish byurosi tomonidan 50 ta eksportyor korxonaga yordam koʻrsatildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi