Micro solutions LLP (Qozogʻiston) hamkorligida Lumiere mehmonxonasida gibrid shaklda davlat va xususiy sektordagi muvofiqlikni baholash idoralari xodimlari uchun “Laboratoriya ishini optimallashtirish uchun zamonaviy klinik va ilmiy texnologiyalar” " mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda TOO Micro Solutions bosh direktori Rashit Gallyamov, AQSH, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Daniya va Kozogistonlik xalkaro ekspertlar online/offline shaklda ishtirok etib, tadbir mavzusini keng yoritib berdilar.

Mazkur sohalardagi yevropa va xalqaro tajribasi boʻyicha fikr almashildiIshtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganilib, xalqaro ekspertlar bilan muvofiqlikni baholash va laboratoriya sohalarida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.


Xalqaro hamkorlik boshqarmasi