Bugun poytaxtidagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashining (MGS) 61-son 30 yillik yubiley yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.
Kengash tarkibiga Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston Qozog‘iston, Qirg‘iziston va davlatlarining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya bo‘yicha milliy organlari kiradi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan ushbu tadbirda Kengash tarkibiga a’zo milliy organlar rahbarlari va ekspertlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Standartlari Byurosi vakillari tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan masalalar muhokama etiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS) 1992 yilda MDH davlatlari Hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirish to‘g‘risida”gi Bitim asosida tashkil etilgan.
MDH Ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilgan holda, Kengash texnik reglamentlarni uyg‘unlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha kelishilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha ish olib boradi.