Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik – ILACning toʻla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi.

Shuningdek, ISO/IEC 17011:2017 standarti talablari hamda ILAC tartib – taomillariga muvofiq Oʼ ZAKK, ISO/IEC 17025 sinov ISO/IEC 17025 kalibrlash sohalarida Akkreditatsiya natijalarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama Bitimiga qoʻshildi.

OʼZAKK Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik ILAC bilan oʻzaro aloqalar Oʻzbekiston milliy akkreditatsiya tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan. ILACga aʼzo boʻlish akkreditatsiya tizimining xalqaro standartlar asosida ishlashining kafolatidir.

OʼZAKKning ILAC MRA imzolovchisi maqomiga erishishi soha rivoji uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. Shu bilan birgalikda sinov natijalarining tan olinishiga va xalqaro savdoni qoʻllab-quvvatlashga asos yaratadi.