3. Texnik reglament loyihasi ob’ektlari
|
Mashina va uskunalarning xavfsizlik talablari, shu jumladan, ishlab chiqish (loyihalash) davrida mashina va uskunalar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, ishlatish va utilizatsiya qilish vaqtida mashina va uskunalarning xavfsizligini ta’minlash;
mashina va uskunalarning muvofiqligini tasdiqlash hamda ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish tartibi;
mashina va uskunalarning muvofiqlik deklaratsiyasini qabul qilishga asos bo‘ladigan daliliy materiallar, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyasini tasdiqlash tartibi va uning amal qilish muddati, ariza beruvchi tomonidan muvofiqlik deklaratsiyasini va daliliy materiallarni saqlash muddati;
mashina va uskunalarni sertifikatlash tartibi, shu jumladan, seriyali ishlab chiqariladigan mashina va uskunalarni, respublika hududida ishlab chiqarish tashkilotlarini jihozlash uchun mo‘ljallangan cheklangan hajmdagi mashina va uskunalarni sertifikatlash bosqichlari;
mashina va uskunalarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi bozorida mahsulotlarni milliy muvofiqlik belgisi bilan tamg‘a qilish mashina va uskunalar bozorda muomalaga chiqarilgunga qadar amalga oshirilishi.
|
4. Texnik reglament loyihasi maqsadi
|
inson hayoti yoki sog‘lig‘ini, mol-mulkini himoya qilish, atrof muhitni, hayvonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish.
|
5. Texnik reglament loyihasi bo‘yicha e’tiroz va takliflarni (fikr-mulohazalarni) yuborishuchun pochta manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili
|
E-mail:standart@exat.uz
tr@standart.uz
Tel.: (998-71) 202-00-11 (1037)
|