«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



   O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o’tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko’rsatadi.

Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:

  • xalq xo’jaligi tarmoqlarida - O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O’zstandart" agentligi);
  • qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan, loyihalash va konstruktsiyalashda - O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi;
  • tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi;
  • tibbiyot uchun mo’ljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan, import bo’yicha etkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi;
  • mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. (O’zR 03.04.2009 y. O’RQ-202-son Qonuni taxriridagi qism)
  • Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo’llashga doir yo’riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. (O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism)

    O’zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo’llaniladi:

  • xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
  • O’zbekiston Respublikasining davlat standartlari; (O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)
  • tashkilotning standartlari;
  • xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;

     Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo’llash tartibi "O’zstandart" tomonidan belgilanadi. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

     Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O’zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo’llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo’llash tartibini "O’zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o’z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. (O’zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

    Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to’sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim.(O’zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi jumla)


     Mahsulot va texnologiyalarning ma'lum bir turlari yoki faoliyati turlarini standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek kursatilgan obyektlar yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish ishlarini o'tkazish bo'yicha O'zbekiston Respublikasida 21 ta Texnikaviy qo'mitasi (TQ) mavjud.