Videokuzatuv o‘rnatilgan mahallada jinoyat bo‘lmagan
Mahallaning har bir ko‘chasi, yo‘lagi, maydonlari, uylari xuddi kaftdagidek ko‘rinib turgan videokuzatuv markazi orqali ekranda gulga kirgan dov-daraxtlar, ularning atrofida kuymalanib bahorgi yumushlarni bajarayotgan otaxonlar ko‘zga tashlanadi. Ko‘p qavatli uylar oldida qo‘llariga supurgi tutgan qizaloqlar, ularga yo‘l-yo‘riq berayotgan onaxonlarni ko‘rish mumkin. Qaysidir uy oldida o‘rnatilgan doshqozonga kimdir o‘tin qalagan. Hoynahoy bu yerda sumalak pishirilsa kerak...
“Halol” standarti asosida talablar ishlab chiqildi
Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Halol” standartlarini qabul qilish bo‘yicha tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yana bir qator davlat standartlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Fakt raqamlarda
Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish hamda ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoyalash maqsadida xavfsizlik talablarini belgilovchi 7 ta (moylar, liftlar, gazda ishlaydigan uskunalar, veterinariya dori vositalari, avtomobil va avia yoqilg‘i, portlash xavfi bo‘lgan muhitlarda ishlovchi uskunalar, go‘sht) umumiy texnik reglamentlar, shuningdek, 1 ta (gaz to‘ldirish kompressorlari) maxsus reglament qabul qilinib, ularning umumiy soni 39 taga yetkazildi.
“Halol” standartlari talablari asosida sertifikatlashtirish
“Halol” sertifikatlashtirish -xom-ashyo, qo‘shimchalar, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari (sex), ishlab chiqarish vositalari (jixozlar), biznesni boshqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini uchinchi taraf (betaraf) tomonidan tasdiqlashga oid faoliyat hisoblanadi.
Korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda
Departament mutaxassislari “ROZMETOV Z.M” va “OM-AK-NUR-BIZNES” korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Korxonalar asosan kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bozorimizda o‘z o‘rniga ega.
Eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida 1814 ta sohaga oid masalalarda eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, standartlashtirishga oid 507 ta, sertifikatlashtirish 448 ta, metrologiya 243 ta, sifat menejment tizimlari bo‘yicha 239 ta, qadoqlash va yorliqlash 135 ta va boshqa masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarga 237 ta amaliy ko‘mak berildi.
Korxonalar faoliyati o‘rganilmoqda
“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularga amaliy yordam berish ishlari olib borilmoqda.
Standartlashtirish sohasi takomillashtiriladi
“O‘zstandart” agentligi tizimida joriy yilning o‘tgan davrida xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan 4697 ta standartlar qabul qilinib,ularning soni 7425 tadan 12122 taga yetkazildi (43%) va yil yakuniga qadar qo‘shimcha 1757 ta qabul qilinadi (50%).