Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Mahsulotlarni kataloglashtirish Davlat tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgustdagi 433 – sonli «O’zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o’tishini Davlat dasturi» Qarorini 4 – bandiga muvofiq tashkil qilingan.

  Quyidagilar mahsulotlarni kataloglashtirish Davlat tizimining asos bo’luvchi standartlari hisoblanadi:

  • O’z DSt 1064:2005 «Mahsulotlarning katalog varag’i. Formasi, to’ldirish, taqdim etish va ro’yxatga olish qoidalari»;
  • O’z DSt 6.10.00:2008 «O’zbekiston mahsulotlarni kataloglashtirish Davlat tizimi. Asosiy qoidalar».

O’z DSt 1064:2005 davlat standartining talablariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, begona iste’molchilarga sotiladigan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga mahsulotning katalog varag’i (KLP) rasmiylashtiriladi. Mahsulotning katalog varaqlarini ro’yxatga olishni «O’zstandart» agentligining standartlashtirish va metrologiya bo’yicha hududiy viloyat boshqarmalari bilan birgalikda «Axborot-ma’lumot markazi» DK «Mahsulotlarni kataloglashtirish» bo’limi amalga oshiradi.
Katalog varag’ining asosiy rekvizitlari quyidagilar: mahsulot ishlab chiqaruvchisining yuridik manzili, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjatning belgisi, mahsulot katalog varag’i va me’yoriy hujjatning amal qilish muddati, mahsulotning asosiy tavsiflari va vazifasi.
2019 yil  1 yanvar holatiga mahsulot katalog varaqlari elektron ma’lumotlar bazasida, O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan,
16530  mahsulot katalog varaqlari ro’yxatga olingan (mahsulot katalog varaqlari ma’lumotlar bazasidan ko‘chirma yuklab oling: birinchi qism - pdf, 1.2 MB,  ikkinchi qism - pdf, 1.4 MB). 

Xozirgi vaqtda «O’zstandart» agentligi «Axborot-ma’lumot markazi» DK tomonidan oltita yo’nalish bo’yicha (elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz va qurilish, oziq – ovqat mahsulotlari) sanoat ishlab chiqaruvchilari va mahsulotlarining kataloglari nashr qilingan. Mahsulotlar va ishlab chiqaruvchilar kataloglari mahsulot ishlab chiqaruvchilarining yuridik manzillari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy hujjatning belgisi, mahsulotning asosiy tavsiflari to’g’risidagi axborotni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kataloglarini «O’zstandart» agentligi «Axborot-ma’lumot markazi» DK da yuklab olish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sig’imini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risidagi» 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli Qarorini ijro etish va iste’molchilarni mamlakatning o’zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energosamaradorligi haqida ma’lumot bilan ta’minlash maqsadida, kataloglashtirish tizimida energosamaradorligi ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lgan yangi mahsulot bo’yicha me’yoriy hujjatlar, aks ettiriladigan energiya manbalarida ishlatiladigan uskunalar, alternativ energiya manbalari kiritiladigan yangi «Energosamaradorlik va energotejamkorlik» tematik bo’limi tuzildi. O’tkazilgan inventarizatsiya natijalari bo’yicha «Energosamaradorlik va energotejamkorlik» bo’limiga mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan 69 xil mahsulotlar kiritilgan.