Ўзбекистон техник жиҳатдан
тартибга солиш агентлиги

ФУҚАРОЛАРНИНГ  МУРОЖАAТЛАРИ

Fuqarolarning murojaati


Қидирув

Кенгайтирилган қидирув

2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining Hay’at yig‘ilishi

Tashkilotning 2015 yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2015 yil 21 oktyabr kuni “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligining barcha tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalar va tizimdagi tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

“ISO 50001 standarti talablari asosida energetika tizimlarini boshqarishni joriy etish bo‘yicha” amaliy seminar

2015 yil 26 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida “ISO 50001 standarti talablari asosida energetika tizimlarini boshqarishni joriy etish bo‘yicha” amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkilotini (GIZ) “O‘rta Osiyoda hududida savdoni qo‘llab quvvatlash” Dasturi yordamida “DQS Quality Systems” ekspertlarini jalb qilish orqali tashkil etildi.

Quyosh fotoelektrik tizimlari bo‘yicha standartlar amalga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida  Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.

Sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalari bo‘yicha akkreditlangan organlar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi “2015 - 2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-2343-sonli qarorini bajarish bo‘yicha ishlar doirasida “O‘zstandart” agentligining 27.04.2016 yildagi DS-sonli qaroriri bilan energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik sohasida Belarusiya Respublikasi (STB) va Rossiya Federatsiyasining (GOSTR) bir qator milliy standartlari o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olindi.

Joriy yilning 16 iyul kuni “O‘zstandart” agentligida kengaytirilgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Hay’at yig‘ilishida agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

ISO 50001 – energomenejment standartini joriy etish orqali energiyani tejash” mavzusida o’quv seminar

“Qo’qon SSM” DK hodimlari tomonidan energiya samaradorligini oshirish maqsadida Qo’qon shahar va atrof tumanlarida joylashgan korxona vakillari ishtirokida 2016 yil 15-sentyabr kuni “Qo’qon SSM” DK majlislar zalida “ISO 50001 – energomenejment standartini joriy etish orqali energiyani tejash” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sinov laboratoriyalari majmuasining akkreditatsiya doirasi kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi 2343-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya Kengashining 2016 yil 28 sentyabrdagi AK-262-sonli qaroriga muvofiq, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sinov laboratoriyalari majmuasining “Energotejamkor lampalar va svetodiod yoritgichlarning energosamaradorligini baholash” bo‘yicha akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. 

Matbuot anjumani

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Respublikamizda xalqaro standartlarni tadbiq etishning dolzarb masalalari va korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklarida mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Xalqaro sifatni boshqarish tizimlari - tadbirkorlar yutug‘ining kafolati!

Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish va sertifikatlashtirish eng dolzarb masalalardan biridir.

“O‘zstandart” agentligi 2018 yilning 1 yanvaridan kolbasa, suzma va ayron mahsulotlarning me’yoriy hujjatlarini bekor qiladi

Standartlarni bekor qilish bo‘yicha taklif va e’tirozlaringizni bir oy muddat ichida “O‘zstandart” agentligiga yozma shaklda yoki agentlik Bosh direktorining vitural qabulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

“MАRKАZIY OSIYO MАMLАKАTLАRIDА INFRАTUZILMА SIFАTINI MUSTАHKАMLАSH” LOYIHАSI DOIRАSIDА “O’ZSTАNDАRT” АGENTLIGIDА ISHCHI GURUHINING UCHRАSHUVI BO’LIB O’TDI

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida infratuzilma sifatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish doirasida “O’zstandart” agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining  Fizika-texnik instituti  o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

YETAKCHI EKSPERT FREDRIX NOTDURFT SURXONDARYODA

Germaniyalik halqaro ekspert Fredrix Notdurft Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, “Global Agro Eksport Agrofirma”, “Uz trade Agro”, “Surxon Meva Invest”, “Gold Dried Fruits Export” eksportyor korxonalariga “Global G.A.P” xalqaro standart talablarini joriy etish amaliyot-treyning seminarlarini o‘tkazdi.

Mahsulotlarni kataloglashtirish

Mahsulotlarni kataloglashtirish Davlat tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgustdagi 433 – sonli «O’zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tizimiga o’tishini Davlat dasturi» Qarorini 4 – bandiga muvofiq tashkil qilingan.   Quyidagilar mahsulotlarni kataloglashtirish Davlat tizimining asos bo’luvchi standartlari hisoblanadi: O’z DSt 1064:2005 «Mahsulotlarning katalog varag’i. Formasi, to’ldirish, taqdim etish va ro’yxa...

2015 yil 9 oy yakunlari

“O‘zstandart” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan  2015 yil 9 oy yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘risidagi  MA’LUMOTNOMA "O‘zstandart" agentligi tizimi korxonalari tomonidan bajarilgan ishlar xajmi 38,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 127,7 foiz o‘sishga erishildi. Jumladan sinov va sertifikatlashtirish markazlari bo‘yicha 127,6 foizni, Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi bo‘yicha 136 foizni, Axborot-ma’lumot markazi bo...